Jahon | 20:15 / 29.08.2015
2441
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada samolyotning uy ustiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimolida mamlakat harbiy-havo kuchlarining Dornier-228 samolyotining turar-joy binosi ustiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Global Post nashri. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 7 kishi – samolyot ekipajining 4 nafar a'zosi va uch yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Nigeriya HHK rahbari, marshal Sodiq Abubakr voqea sabablarini tergov qilishni boshlashni buyurdi.

Ma'lum qilinishicha, fojia joyida olov tarqalishiga qarshi o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish