18:30 / 29.08.2015
3832

Tartib-intizom Qo‘mitasi Temurxo‘ja Abduholiqovni uchta o‘yinga chetlatdi

29 avgust kuni Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ligaYu Birinchi liga va kubok o‘yinlarida o‘tgan turlar davomida futbolchilar va murabbiylar tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklar uchun tegishli jazo choralari tayinlandi.

Chempionat
«Qizilqum»ga qarshi 18-tur o‘yinida raqibiga oyoq bilan zarba bergani uchun «Dinamo» himoyachisi Akmal Bozorov uchta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

«Olmaliq» hujumchisi Shavkat Salomov hamda «Mash'al» darvozaboni Botir Nosirov 19-tur doirasidagi «Olmaliq» – «Mash'al» uchrashuvi yakunlangach, o‘zaro janjallashgani uchun jarimaga tortildi va ogohlantirildi. Shunga o‘xshash holat takrorlanadigan bo‘lsa jiddiy chora ko‘rilishidan ogohlantirildi.


Kubok
«Nasaf»ga qarshi O‘zbekiston Kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.


Birinchi Liga
«Xotira-79» hujumchisi D. Abdujabborov ikkinchi bosqich 1-turidan o‘rin olgan «Zomin» klubiga qarshi uchrashuvdagi agressiv xatti-harakatlari uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Xotira-79» hujumchisi Sohib Abdullayev ikkinchi bosqich 1-turida «Zomin»ga qarshi o‘yinda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsi qilindi.

«Xotira-79» klubi boshlig‘i Ilxom Otavaliyev «Zomin»ga qarshi ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvi yakunlangach, hakamga oyog‘i bilan zarba bergani uchun 2015 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.

«Obod» himoyachisi Kamoliddin Tojiboyev ikkinchi bosqich 1-turida «Kosonsoy»ga qarshi uchrashuvda to‘p uchun kurashda raqibiga nisbatan atayin zarba bergani uchun ikkita o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

«Nasaf-2» hujumchisi S. Yesibayev ikkinchi bosqich 1-turi doirasidagi «Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi uchrashuvdagi agressiv xatti-harakatlari uchun 3ta o‘yinga chetlatildi.

«Paxtakor-2» hujumchisi Behzod G‘anijonov «Nasaf-2» klubiga qarshi ikkinchi bosqich 3-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga chetlatildi.

Top