Jahon | 16:07 / 30.08.2015
2889
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Turkiya prezidenti bilan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildi

Bugun, 30 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboyev Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdogan bilan telefon orqali suhbat olib bordi, deya xabar berdi Oq O‘rda matbuot xizmati.

Suhbat jarayonida davlatlar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik holati va uning kelajagi, shuningdek, bir qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi.

Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalasi bo‘yicha fikr almashishdi.

Tomonlar 11 sentabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan turkiy tilli mamlakatlar rahbarlarining V sammiti ahamiyatini qayd etib o‘tishdi. Suhbat turk tomoni tashabbusi bilan tashkil etildi.