Iqtisodiyot | 17:08 / 31.08.2015
2683
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda Italiya Misr gazi eksportchisiga aylanishi mumkin

Italiya 2018 yilga kelib Misr gazining asosiy eksportchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda La Stampa gazetasiga bergan intervyusida Eni energetik konserni bosh boshqaruvchisi Klaudio Deskaltsi ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda kompaniya u yerda ish olib borishga litsenziya oladi, keyingi yilda esa burg‘ulashni amalga oshirib, infrastrukturani yo‘lga qo‘yadi.
“Dastlabki natijalarni 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan strategik reja yakunida ko‘rishimizga umid qilaman”, - dedi u.

Uning fikricha, Misr dengiz iqtisodiy zonasida topilgan yangi kon mahalliy ehtiyojlarni to‘la qondirish bilan birga, eksportni yo‘lga qo‘yish imkonini ham beradi.