Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi: Tojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat KXShT davlatlarining yordamini talab qilmoqda
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Nikolay Bordyuja Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash va himoya qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qayd qilib o‘tdi. Bu yerda tashkilotning qolgan davlatlari yordamini talab qilayotgan nomaqbul vaziyat yuzaga kelmoqda.
“Bugungi vaziyatdan Tojikistonga yordam berish kerakligi ayon bo‘lmoqda. Bu vaziyat juda ham notinch. Hududning katta qismi toliblar tomonidan nazorat qilinmoqda”, deb aytdi Bordyuja.
Bordyujaning aytishicha, hamkorlar tomonidan yordam oshirib borilishi kerak, chunki Tojikiston Markaziy Osiyoga kirib borish yo‘lidagi bosh post hisoblanadi. “Ishonamanki, bu yordam ko‘paytiriladi. Bunday choralar qabul qilinmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari va boshqa hamkorlar tomonidan yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda”, deb aytmoqda Bordyuja.
Bordyuja ayni paytda Tojikistonga chegara qo‘shinlari uchun xodimlar tayyorlash, jangovor bo‘linmalarni tayyorlash, texnik vositalar va qurol bilan ta'minlash bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda. Tojikiston va Rossiyaning Giyohvand moddalarni nazorat qilish federal xizmati, Federal migratsiya xizmati, chegara xizmati bilan birgalikda operatsiyalar o‘tkazilmoqda. “Bularning barchasi xavfsizlikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi”, deb aytdi KXShT bosh kotibi.