Sport | 19:00 / 31.08.2015
2837
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bayram munosabati bilan ot sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab ot sporti bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda eng kuchli chavandozlar g‘oliblik uchun bahslashdi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda turli balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda mahorat ko‘rsatgan Temur Sodiqov va Xurshid Olimjonov oltin, Umid Komilov va Bekzod Qurbonov kumush, G‘ayrat Nazarov va Oqil Sobirjonov bronza medal bilan taqdirlandi.

Havaskor chavandozlar o‘rtasidagi musobaqada Olim Valijonov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkita ot bilan ishtirok etgan Bahrom G‘oziyev ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.