Jamiyat | 19:53 / 31.08.2015
6313
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni noqonuniy import qilish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni O‘zbekiston hududidagi noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

2009 yildan buyon xususiy kompaniyada menejyer lavozimida ishlab kelgan Shodmon Sharipov “D.K.” MChJ bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis Azim G‘ayratov bilan kelishgan holda 2011 yilda ishlab chiqarilgan 2ta oq rangli, jami narxi 111 mln so‘m miqdoridagi Dong Feng avtotransport vositasini import qilishda turli hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan 126 mln so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovladi.

Boshqa ishbilarmon – Alijon Nabiyev esa yuqorida tilga olingan korxonaning boshqa mutaxassisi Ahad Aliyev bilan kelishgan holda o‘sha rusumdagi umumiy narxi 106.5 mln so‘m bo‘lgan avtotransport vositalarini import qilishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, 126 mln so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlarini to‘lamadi.

Oradan bir qancha muddat o‘tib, shu guruh yana bir dona 55 mln so‘mlik Dong Feng avtotransportini olib kirishda 63 mln so‘mlik to‘lovlarni bojxonaga to‘lamadi.
Sud qarori bilan jinoiy guruh ishtirokchilariga tegishli jazo tayinlandi.