Sport | 07:55 / 02.09.2015
2852
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» kuchli beshlik klublari ichida maydonda o‘ynaydigan futbolchi sotib olmagan yagona jamoa bo‘ldi

Angliyada transfer mavsumi yakuniga yetgach, "Arsenal" klubi o‘ziga xos alohida natija qayd etgani ma'lum bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, "kanonirlar" Yevropadagi kuchli beshlik jamoalari orasida maydonda to‘p suradigan futbolchi bilan shartnoma imzolamagan yagona klubga aylandi.

Taqqoslash uchun, ushbu transferlar vaqtida Italiyadagi "Karpi" yoki "Fransiya"dagi "Anjyer" kabi moliyaviy jihatdan kuchsiz bo‘lgan debyutant jamoalar ham o‘z tarkibini hujumchilar bilan kuchaytirishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» yozgi transfer mavsumida faqat darvozabon Petr Chex bilan shartnoma imzoladi va buning uchun 11 mln funt to‘ladi.

Bundan oldinroq, APL klublari o‘yinchilarni sotib olishga rekord darajadagi 897,7 mln funt sarflashgani haqida xabar qilingandi.