Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:27 / 03.09.2015
2657
1 daqiqa o‘qiladi
Gvatemala bosh prokurori prezidentni hibsga olishga ruxsatnoma berdi
Gvatemala bosh prokurori prezident Otto Peres Molina hibsga olishga ruxsatnoma berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq sud uni daxlsizlikdan mahrum qilib, mamlakat hududini tark etishni taqiqlagan edi.
Prezident bojxona organlari faoliyatida fosh qilingan keng miqyosli korruptsion sxemaga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Prezidentning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilmoqda.