11:41 / 03.09.2015
4800

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaman va Filippin bilan o‘yinlar uchun yakuniy tarkibi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o‘ynaydigan 23 nafar futbolchidan iborat tarkibi ma'lum qilindi.

Yamanga qarshi o‘yinda Azizbek Haydarov diskvalifikatsiya sabab maydonga tusha olmaydi. Biroq Filippinga qarshi o‘yinda u terma jamoa safida bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00da boshlanadi. 2 sentabr kuni ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

3 sentabr kuni “N” saralash guruhida peshqadam Shimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:40da boshlanadi.

5 jamoa o‘rin olgan “N” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federatsiyasi 3 sentabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Rizal Memorial” stadionida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi 3 sentabr kuni Yamanga qarshi o‘yinni o‘tkazib, 2 kun Toshkentda shug‘ullanadi va 6 sentabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7 sentabrda Filippin va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O‘zbekiston uchrashuvi 8 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da Bokayu Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 8 sentabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Shimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmagan.

3-tur oldidan “N” saralash guruhida Shimoliy Koreya va Filippin 2 ta o‘yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni egallab turgan Bahrayn, O‘zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo‘q.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaman va Filippinga qarshi o‘yinlar uchun tanlab olingan 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni keltirib o‘tamiz.

 Darvozabonlar

Ism-sharifi

Tug‘ilgan sana

Klubi

MTJdagi o‘yin

va gollari

1

Aleksandr Lobanov

04.01.1986

“Paxtakor”

0/0

2

Ignatiy Nesterov

20.06.1983

“Lokomotiv”

92/-100

3

Eldor Suyunov

12.04.1991

“Nasaf”

11/-4

 Himoyachilar

Ism-sharifi

Tug‘ilgan sana

Klubi

MTJdagi o‘yin

va gollari

4

Davron Xoshimov

24.11.1992

“Paxtakor”

4/0

5

Yegor Krimets

27.01.1992

“Paxtakor”

9/2

6

Anzur Ismoilov

21.04.1985

“Changchun Yatay” (Xitoy)

68/1

7

Islom To‘xtaxo‘jayev

30.10.1989

“Lokomotiv”

41/1

8

Shavkat Mullajonov

19.01.1986

“Lokomotiv”

39/0

9

Vitaliy Denisov

23.02.1987

“Lokomotiv” (Rossiya)

57/1

 Yarim himoyachilar

Ism-sharifi

Tug‘ilgan sana

Klubi

MTJdagi o‘yin

va gollari

10

Odil Ahmedov

25.11.1987

“Krasnodar” (Rossiya)

70/12

11

Server Jyeparov

03.10.1982

“Ulsan” (Janubiy Koreya)

107/23

12

Azizbek Haydarov

08.07.1985

“Ash-Shabob” (BAA)

69/0

13

Fozil Musayev

02.01.1989

“Sepahon” (Eron)

20/0

14

Sardor Rashidov

14.06.1991

“al-Jayish”

24/7

15

Sanjar Tursunov

29.12.1987

“Vorskla” (Ukraina)

47/5

16

Stanislav Andreyev

06.05.1988

“Paxtakor”

28/1

17

Javohir Sohibov

01.03.1995

“Paxtakor”

0/0

18

Jasur Hasanov

02.08.1983

“Lokomotiv”

42/2

19

Sanjar Shoahmedov

23.09.1990

“Lokomotiv”

1/0

 Hujumchilar

20

Aleksandr Geynrix

06.10.1984

“Ordabasi”

83/28

21

Temurxo‘ja Abduxoliqov

25.09.1991

“Lokomotiv”

1/0

22

Igor Sergeyev

30.04.1993

“Paxtakor”

19/6

23

Eldor Shomurodov

29.06.1995

“Bunyodkor”

0/0

Top