Jamiyat | 11:31 / 03.09.2015
4726
1 daqiqa o‘qiladi

Shaolin rohibi suv ustida 125 metr masofani bosib o‘tdi

Janubiy Shaolin rohibi Shi Liliang suv ustida 125 metr masofani yugurgan holda bosib o‘tdi. Tayanch sifatida u suv usti qalqib turgan 200ta faner taxtachalardan foydalandi, deya xabar berdi The Telegraph.

Rekordchi yugurish tezligining balandligi va muvozanatni saqlagani tufayli suvga cho‘kib ketmagan, deya oydinlik kiritdi nashr.

“Suv ustida parvoz” nomini olgan mazkur usul kun-fu jang san'ati ustasi egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Shi Liliang mazkur mashg‘ulot yuzasidan rekordchi hisoblanadi. U 2015 yilning yanvarida xuddi shu usulda 120 metr masofani suv ustida yugurgan holda bosib o‘tgan edi.

Rohibning o‘z tajribasini 2009 yildayoq boshlagini ma'lum. O‘shanda suv 18 metrgacha suv ustida yugurgandi. Keyingi yili esa yanada muvaffaqiyatga erishib, 28 metrlik natija qayd etilgan.