Jahon | 20:26 / 03.09.2015
4368
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina ishsizlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Ukrainada ishsizlikning mustaqillik yillaridagi eng katta darajasi qayd qilindi. Bu haqda ijtimoiy siyosat vaziri o‘rinbosari Valeriy Yaroshenko ma'lumot berdi.
“Aholi orasida ishsizlik darajasi mustaqil Ukraina mavjudligi yillaridagi eng yuqori darajaga yetdi. Yoshlar orasida bu ko‘rsatkich 23 foizga teng”, - dedi u.
Uning fikricha, agressor davlat (ya'ni Rossiya) Ukrainaga investitsiya kirmasligi va odamlar ish bilan ta'minlanmasligi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilmoqda.
Shuningdek, Yaroshenko Yaponiya hukumati ushbu maqsadda Ukrainaga 1 mlrd dollar miqdorida kredit ajratganini aytib o‘tdi.
“Bu kreditdan foydalanib Kiyevda qancha ish o‘rinlari yaratishimiz mumkinligini bir o‘ylab ko‘ring”, - ta'kidladi vazir o‘rinbosari.