05:03 / 03.09.2015
2147

US Open-2015 tarixida ayollar uchrashuvi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

AQShlik tennischi Medison Brengl va xitoylik Saysay Chjen tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati tarixidagi eng uzoq davom etgan ayollar o‘rtasidagi uchrashuvni o‘tkazdilar. 

2 sentabrga o‘tar kechasi tennischilar uch setli uchrashuv o‘tkazishdi, uchrashuv 6:2, 5:7, 7:5 hisobida Brengl foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv 3 soat  20 daqiqa davom etdi.

Bir necha soat o‘tib rossiyalik tennischi Aleksandra Panova va ruminiyalik tennischi Monika Nikulesu musobaqa tarixida davomiyligi bo‘yicha 2-raqamli uchrashuvni o‘tkazdilar. Panova 3 soat 18 daqiqa ichida 6:7, 7:5, 3:6 hisobida uchrashuvni boy berdi.

Bu uchrashuvlargacha US Open musobaqasida ayollar o‘rtasida eng uzoq davom etgan uchrashuv 2011 yilda rossiyalik Nadejda Petrova va avstraliyalik Samanta Stosur o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va 3 soat 17 daqiqa davom etgan.

US Open “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi mavsumdagi eng oxirgi musobaqa bo‘lib, 13 sentabr kuni yakunlanadi. Joriy yilda musobaqaning yutuqlar fondi 42,2 mln dollarni tashkil qilmoqda. 

Top