18:10 / 04.09.2015
3264

Deparde Belarusga ko‘chib o‘tib, dehqonlar ichida yashamoqchi

Fransiyalik taniqli kinoakter Jyerar Deparde Fransiyadagi mol-mulkini sotib yuborish niyatini bildirdi. Bu haqda u Fransiyaning TV Magazine nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Fransiyaning soliq idorasi jonimga tegib ketdi, - dedi u intervyuda. – Fransiyada yashamasligimga qaramay, barcha soliqlarni to‘lab boraman.

O‘ylashimcha, ushbu mamlakatdagi barcha mol-mulkimni sotib yuborishga qaror qilaman. Hamma narsani, uyimni ham, restoranlarimni ham. Frantsuzlarni juda yaxshi ko‘rsam ham, boshqa Fransiyaning bir qismi bo‘lishni istamayman. Hukumatga sotilgan jurnalistlarni ham yoqtirmayman”.
Fransiyadan ketgach, qayerda yashashni reja qilayogani haqidagi savolga javob Depare shunday javob berdi: “Ayni paytda men Italiyadaman. Ammo yaqinda Belarusda, dehqonlar ichida yashashni boshlayman. Bu juda chiroyli davlat, prezidenti ham yoqimtoy”.
“Men ko‘p mamlakatlarda bo‘laman, lekin hech qayerda uzoq qolmayman”, - qo‘shimcha qildi aktyor.

Top