Merkelning reytingi muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz tufayli keskin pasayib ketdi
Germaniya kansleri Angela Merkelning mashhurligi uning muhojirlar muammosi bo‘yicha tutgan pozitsiyasi tufayli keskin pasayib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
ARD telekompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, kanslerning reytingi Germaniyada ancha yuqori qolmoqda, biroq umuman uning mashhurligi o‘tgan oyga nisbatan 4 foizga kamaygan. Bu 2012 yilning dekabridan beri kansler reytingining eng past darajasi bo‘ldi.
Ko‘pchilik respondentlar kanslerning migratsion inqirozni tartibga solish borasida xatti-harakatlaridan noroziliklarini bildirdilar. Nemislarning fikricha, bu inqiroz Gretsiya inqirozidan ko‘ra muhimroq. Bundan tashqari, Merkel muhojirlarga qarshi zo‘ravonlik namoyishlariga yetarlicha tez javob bermagani uchun tanqid qilindi.
Bundan avval Merkel agar Yevropa Ittifoqi davlatlari qochqinlarni adolatli taqsimlash bo‘yicha kelisha olmasalar, unda Shengen kelishuvi savol ostiga qo‘yilishini aytgan edi. O‘z navbatida Buyuk Britaniya Suriyadan qo‘shimcha bir necha ming muhojirni qabul qilishga rozilik berdi.