Jahon | 11:24 / 04.09.2015
3168
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya parlamenti Iroq va Suriyaga harbiylarni kiritish to‘g‘risidagi hujjat muddatini uzaytirdi

Turkiya parlamenti Iroq va Suriya hududiga IShID jangarilariga qarshi kurash uchun harbiylarni kiritish to‘g‘risidagi hujjat kuchini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar tarqatdi Reuters.

Ayni paytda, Turkiya milliy xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid bo‘lmas ekan, yer usti harbiy amaliyotlarini boshlashga shoshilmayapti.

O‘tgan hafta esa Turkiya aviatsiyasi AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi kurash koalitsiyasiga qo‘shilgan edi.