Jahon | 16:26 / 05.09.2015
2862
1 daqiqa o‘qiladi
Finlyandiya bosh vaziri qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi
Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipili qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Sipilining so‘zlariga qaraganda, u o‘zining Kempeldagi uyini berishga tayyor, chunki keyingi yil boshidan Xelsinkida yashay boshlaydi.
Bosh vazir boshqa fuqarolarni ham qochqinlarga yordam berishga chaqirdi.