O‘zbekiston | 16:53 / 05.09.2015
5609
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan yosh oilalarga yangi uylar berildi
O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan mamlakatning bir qator hududlarida yosh oilalarga yangi uylar topshirildi. Bu haqda O‘zA agentligi xabar bermoqda.
Nukusda 48, Karmana va Termiz tumanlarida 64 xonadonga mo‘ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismlaridan birida harbiy xizmatchilar uchun yegara posti majmuasi va yangi uy-joy foydalanishga topshirildi. Ushbu uylarga 16 harbiy xizmatchi oilasi ko‘chib o‘tdi.