Jahon | 08:29 / 05.09.2015
12169
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qo‘shinlarining Suriyaga tashlanishi haqidagi gap-so‘zlar AQShning xavotiriga sabab bo‘lmoqda

Oq Uy bosh kotibi Josh Ernest Vashington OAVda tarqalgan Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalarining Suriyaga tashlanishi haqidagi xabarlarni kuzatib borayotganligini ta'kidladi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, Suriya prezidenti Bashar Asadga harbiy yordam ko‘rsatilishi “beqarorlashtiruvchi va aksilsamarador” omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Vashington bu mishmishlarni tasdiqlay olish-olmasligi haqidagi savolni Ernest ochiq qoldirishni ma'qul ko‘rdi.