Jamiyat | 09:57 / 06.09.2015
3499
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik boyvachcha ayol pullarini 32 to‘tiqushini parvarishlash uchun sarflashni vasiyat qildi
Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi millioner ayol 100 mln dollarlik trast fondini tashkil qilib, ushbu mablag‘ni o‘zining 32 to‘tiqushini parvarishlashga sarflashni vasiyat qildi. Bu haqda AP agentligi xabar bermoqda.
Marhuma Lesli Ann Mandel vasiyatida uning to‘tiqushlari Ist-Xemptondagi 4 mln dollar turadigan uyida yashashni davom etishini so‘radi. Hujjatda har bir qushning ismi keltirildi.
Xonimning ishonchli vakili sifatida o‘gay o‘g‘li barcha ishlarga boshchilik qiladi. Fond mablag‘lari, shuningdek, Tiki laqabli mushuk va Frosti laqabli kuchukni parvarishlashga yo‘naltiriladi.
Ayol 69 yoshida olamdan o‘tdi. U mablag‘ to‘plash firmasiga boshchilik qilib, 5 mln dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi.