Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:09 / 06.09.2015
8374
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyada futbol jamoasi avtohalokatga uchradi
Ispaniyaning Badaxos viloyatida 6 sentyab ertalabki payt uchinchi divizionda qatnashuvchi “Merida” futbol klubining futbolchilari ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning 10 yo‘lovchisi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Cadenaser.com.
Noxush voqea mahalliy vaqt bilan 6:00 ga yaqin sodir bo‘ldi. Jabrlanganlardan 6 kishi shifoxonada qolmoqda, qolganlarga esa tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berib yuborildi.
“Merida” futbol klubi divizion peshqadami hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish