Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:46 / 06.09.2015
2603
1 daqiqa o‘qiladi
Malayziyada muhojirlar qayig‘ining cho‘kishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Malayziya qirg‘oqlariga noqonuniy muhojirlarni olib kelayotgan qayiqning cho‘kishi oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi TASS agentligi.
Okrug politsiyasi boshlig‘i Xilir Perakning bayonotiga ko‘ra, 20 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Jami 10-15 kishiga mo‘ljallangan qayiqda 80 kishi bo‘lgan.
Ular Malayziyaga Indoneziyadan kelayotgani aniqlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish