Jahon | 20:32 / 07.09.2015
3436
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq mudofaa vaziriga suiqasd uyushtirildi
Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Obodiyga suiqasd uyushtirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. “Mudofaa vaziri yaxshi ahvolda”, deb ma'lum qildi mahalliy rasmiylardan biri.
Bog‘doddan shimolga tomon 190 km uzoqlikda vazir kortyoji mergan tomonidan o‘qqa tutildi. Ushbu noxush voqea “IShID” terrorchilik guruhi bilan janglar fronti chizig‘ida sodir bo‘ldi.