Jahon | 17:08 / 07.09.2015
2425
2 daqiqa o‘qiladi

Olland: Yaqin ikki yilda Yevropa Ittifoqi 120 ming, Fransiya 24 ming qochqinni qabul qiladi

Fransiya yaqin ikki yilda 24 ming qochqinni qabul qiladi. Bu haqda dushanba, 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chohida Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qildi.

“Yevropa komissiyasi yaqin ikki yil ichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qo‘shimcha ravishda 120 ming nafar qochqinni qabul qilishni taklif qilmoqda, Fransiya uchun bu 24 ming kishini qabul qilishni anglatadi. Biz buni bajaramiz”, – dedi u.

Fantsiya yetakchisi Yevropa Ittifoqi muhojirlar inqirozi ustidan nazoratni o‘rnata olishiga ishonch bildirdi.

“Men Parijda qochqinlar muammosi bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etishni taklif qilaman”, – deya qo‘shimcha qildi Olland.

2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir qator mamlakatlarda qurolli mojarolarning avj olishi natijasida mazkur hududlardan Yevropaga o‘tuvchi qochqinlar soni keskin oshib ketdi. Yanvar-sentabr oylarida ularning soni 351,3 ming nafarga yetgan, shundan 200 ming nafari kemalarda O‘rta Yer dengizi orqali suzib o‘tgan.

Ayrim mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, muhojirlar oqimi 1 mln nafardan ortishi mumkin.