Jahon | 06:41 / 07.09.2015
2513
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonning bir nechta davlatlardagi elchixonalari saytlari armanistonlik xakerlar hujumiga uchradi

Ozarbayjonning Niderlandiya, Belgiya va Qatardagi elchixonalari saytlari armanistonlik xakerlar hujumiga uchradi, deb ma'lum qilmoqda “Interfaks-Azerbaydjan” axborot agentligi. 

Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Hikmat Gajiyev ma'lum qildi. Gajiyevning aytishicha, 5 sentabrdagi hujumlar “Artsax kiberarmiyasi” xakerlar guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Ayni paytda saytlar ishi tiklangan.

Gajiyevning aytishicha, Ozarbayjon internet-resurslari, shu jumladan mamlakatning diplomatik vakolatxonalari saytlari muntazam ravishda armanistonlik xakerlar tomonidan hujumga uchrab turadi.