O‘zbekiston | 12:13 / 07.09.2015
3229
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbek olimlari asetilen spirtlarini olish usulini ixtiro qilishdi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti olimlari asetilen spirtlarini olish usulini ixtiro qilishdi.
Ushbu usul asetilen spirtlarini olish uchun mo‘ljallangan.
Ixtironing vazifasi asetilen spirtlarining chiqishini oshirish hamda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi spirtlarni olish imkoniyatidan iboratdir.
Mualliflar - S.E.Nurmanov, M.E.Mavloniy, O.E.Ziyadullayev va E.Turgunovga ushbu ixtiro uchun № IAP 05066 raqamli patent berildi.