O‘zbekiston | 12:02 / 07.09.2015
4413
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbek olimlari texnik kremniy olish usulini taklif etishdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti olimlari texnik kremniy olish usulini taklif etishdi.
Taklif qumtuproqdan (kremnezem), shu jumladan, kvarsli qumdan texnik kremniy olishning elektr yoyli, karbotermik jarayonlari, va shuningdek, uni sanoat miqyosida ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Mualliflar - A.B.Abduraxmanov, X.B.Ashurov, M.Sh.Kurbonov va Sh.I.Salixov ushbu usulga patent olish uchun talabnoma topshirdi.