O‘zbekiston | 11:08 / 07.09.2015
7809
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bog‘bon birinchi marta pepino hosilini oldi

Samarqandlik havaskor bog‘bon Muqimjon Oripov o‘z bog‘ida o‘ziga xos kamyob mevalar undirishda davom etmoqda. Bu safar u pepino mevasini undirishga muvaffaq bo‘ldi.

Oripovning bog‘idan reportaj tayyorlagan Anastasiya Pavlenkoning ta'kidlashicha, bog‘bonning qo‘shnilari ushbu mevani “shirin bodring” deb atay boshlagan. Ta'kidlanishicha, bog‘ shoir A. Gulxaniyning uy-muzeyida tashkil etilgan bo‘lib, unda Afrikadan, Hindiston va Janubiy Amerikadan keltirilgan antiqa mevalar yetishtiriladi.

Bog‘da unayotgan ana shunday mevalar qatoriga yashil bananlar, turli xildagi qovoqlar, Janubiy Amerikada o‘sadigan pepino va boshqalar bor.