Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:07 / 07.09.2015
2411
1 daqiqa o‘qiladi
Peskov Rossiya Suriya hukumati bilan hamkorlikni davom ettirishini tasdiqladi
Suriya hukumati bilan mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish borasida hamkorlik davom ettiriladi, deya e'lon qildi rasmiy Kreml.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, u Rossiya tomonidan Suriya hukumatiga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam hajmining oshirilishi haqida ma'lumotga ega emas.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning IShIDga qarshi kurash olib borishiga hali erta ekanini ma'lum qilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish