Jahon | 17:52 / 07.09.2015
3483
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukraina uchun elektr quvvati narxini oshirdi

Sentyabr oyidan Rossiya elektr quvvatini Ukrainaga 5.6 foiz qimmatroqqa eksport qila boshlaydi. Bu haqda energetika va kommunal xizmatlar masalasini boshqaruvchi milliy komissiya qarorida aytildi.

Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Ukraina yana Rossiyadan elektr import qilishni boshladi.
Hujjatga ko‘ra, Ukrainaga elektr energiyasi yetkazuvchi “Energorynok” davlat kompaniyasi savdolarni 1 mVt/soat uchun 950.1 grivna narxida amalga oshiradi. Ilgari bu narx 900 grivnaga teng edi.