Sechin: OPeK Rossiyaga tashkilotga a'zo bo‘lishni taklif qildi, biroq Rossiya kuzatuvchi bo‘lib qoladi
OPeK Rossiyaga tashkilotga a'zo bo‘lishni taklif qildi, biroq Rossiya kuzatuvchi bo‘lib qolishni ma'qul ko‘rmoqda. Bu haqda Singapurda bo‘lib o‘tayotgan FT Commodities konferensiyasi chog‘ida "Rosneft" rahbari Igor Sechin ma'lum qilgan.
"OPeK va Rossiya o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar fikr almashish uchun yetarlicha ijobiy ruhda kechmoqda. OPeK Rossiyaga tashkilot a'zosi bo‘lishni taklif qildi", – dedi Sechin.
U OPeK mamlakatlarida neft qazib olish davlat kompaniyalari ishi hisoblanishi, “Rossiya neft sanoati esa xususiy bo‘lib, bu holat OPeK a'zolari uchun xos emas”ligini ta'kidladi. Sechin, shuningdek, iqlimiy o‘ziga xosliklar sabab Rossiya neft qazib olishni tezda o‘zgartira olmasligini aytib o‘tdi.
“Rossiya hukumati qazib olish sharoitlari va mulkka egalikning turlicha ekanini hisobga olgan holda OPeKda kuzatuvchi maqomida qolishga ma'qul topdi”, – dedi Sechin.
"Rosneft" rahbari so‘nggi vaqtlarda OPeKning bozorni nazorat qilish vazifasi o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblaydi. “Rossiyaning bunday tashkilotga a'zo bo‘lishida ma'no yo‘q”, – dedi Sechin.