Sekin eriydigan muzqaymoq yaratildi
Olimlar muzqaymoq erishini sekinlashtirish yo‘lini topishdi. Buning uchun ular turli ovqatlarda uchraydigan oqsildan foydalanishdi.
BslA nomli oqsil natto degan yapon milliy taomida uchraydi, u esa o‘z navbatida fermentlangan soyadan tayyorlanadi.
Bacillus subtilis baktriyalari o‘ziga xos koloniyalar – bioplyonkalar yaratib, BslA-qoplama shaklidagi himoyani ishlab chiqishadi.
Edinburg universiteti olimlari bu bakterial qobiqning fizik xossalari muzqaymoqqa mos tushishini aniqlashdi.
Oqsil havo, yog‘ va suv qismlarini qoplab, qorishma barqarorligini oshiradi.
Amalda bu muzqaymoq, havo haroratining oshishidan qat'i nazar, sekinroq eriydi deganidir.
Bundan tashqari, muzqaymoq strukturasini ham uzoq saqlanib qoladi, deb yozadi The Washington Post nashri.