Jahon | 15:30 / 07.09.2015
5868
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosariga xizmat qilgan 14 nafar jangari yo‘q qilindi

Tojikiston ichki ishlar vazirligi va davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (DMXQ) hamkorligida olib borilgan operatsiyalar natijasida Ramit darasida Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchilik qilayotgan jangarilar to‘dasining 14 nafar a'zosi yo‘q qilingan. Bu haqda Tojikiston IIV rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Shuningdek, tashkilot xabarida aytilishicha, 31 nafar jangari qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan jinoyatchilardan ko‘p sonli qurollar, jumladan avtomat, pulemet va granatalar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston Bosh prokuraturasi mamlakat mudofaa ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga nisbatan jinoyat kodeksining «terrorizm» va «uyushgan jinoiy guruh tuzish» ayblovlarini qo‘yib jinoiy ish ochgandi.