Jahon | 07:11 / 07.09.2015
4449
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda uyali aloqa operatorlari sms-xabarlar jo‘natish xizmatini o‘chirib qo‘ydi

Tojikistonda 6 sentabrda uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlari uchun sms-xabarlar jo‘natish xizmatini o‘chirib qo‘ydi, deb yozmoqda “Aziya-Plyus” agentligi.

Qayd etilishicha, “Megafon”, Tcell va boshqa operatorlardagi bu holat texnik muammolar sababli yuzaga kelgan. Operatorlar xizmat qachon yana tiklanishi borasida aniq javob berisha olmadi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, 2014 yil 10 oktabrda ham aloqa operatorlari Dushanbeda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tishi haqidagi gaplar tarqalganda sms-xabarlar xizmatini o‘chirib qo‘yishgan edi.