O‘zbekistonlik to‘rt nafar yosh bokschi Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining to‘rtinchi kunida to‘rt nafar yurtdoshimiz ringga chiqdi.
Birinchi bo‘lib Jahongir Rahmonov -50 kg. vazn toifasida Italiya bokschisi Alessio Kanjyelosiga qarshi kechgan og‘ir bahsda 2:1 hisobiga ko‘ra g‘olib chiqqan bo‘lsa, Murodjon Aliyev (-52 kg.) tunislik Ayari Sayfiddinga birorta imkoniyat qoldirmadi. Shuningdek, -57 kg va -75 kg. vaznda ringga ko‘tarilgan Bilolbek Mirzarahimov hamda Qosimxon Qosimov ham raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l olishdi.
Bugun shuningdek, yana olti nafar bokschimiz ringga chiqadi: (08.09.2015)
-48 kg.: Halimbek Utegenov (O‘zbekiston) - Vakula Viktor (Moldaviya)
-52 kg.: Murodjon Aliyev (O‘zbekiston) - Kristian Laurent Pitt (Filippin)
-63 kg.: Timur Merjanov (O‘zbekiston) - Maynekke Richard (Germaniya)
-66 kg.: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - Mas'ud Ben Ibraxim (Tunis)
-75 kg.: Qosimxon Qosimov (O‘zbekiston) - Aleksey Alfirau (Bolgariya)
-81 kg.: Rorimsha Profsor (O‘zbekiston) - Yosip Biletich (Xortvatiya)
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Peterburg” sport-konsert kompleksida o‘smirlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha X Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa g‘olibligi uchun dunyoning 57 mamlakatidan kelgan 400 nafar kurash olib bormoqda.