Jahon | 13:59 / 08.09.2015
7316
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prokuraturasi Nazarzodani davlatga xiyonat qilganlikda aybladi

Tojikiston bosh prokuraturasi isyonchi general Abduhalim Nazarzodani davlatga xiyonat qilganlikda va terrorchilikda aybladi.
Bosh prokurorning bayonoti markaziy televideniye orqali o‘qib eshittirildi.

Bunday ayblovlar Nazarzodaning tarafdori polkovnik Junaydullo Umarovga ham qo‘yildi. U Dushanbe va Vahdat shaharlarida bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuvlarda bevosita ishtirok etgan edi.
Shu bilan birga, Nazarzoda shu paytgacha generallik unvonidan ham, davlat mukofotlaridan ham mahrum qilingani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish