18:07 / 08.09.2015
2606

UzreportTV telekanali YeChLning uch mavsumini translyatsiya qilish huquqini sotib olgan

UzreportTV telekanali 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018 mavsumlarida futbol bo‘yicha UYeFA Chempionlar ligasi uchrashuvlarini O‘zbekiston hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilish huquqini beruvchi lisenzion paketni xarid qilgan. Bu haqda 8 sentabr kuni poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e'lon qilindi.

Anjumanda UYeFA tarkibiga kiruvchi futbol klublarining eksklyuziv tijorat agenti hisoblangan “TEAM Marketing” (Shveytsariya) agentligi hamda “SARAN MEDIA INTERNATIONAL” (Malta) kompaniyalari vakillari, shuningdek, UzreportTV telekanali mas'ul xodimlari jurnalistlar savollariga javob berishdi.

UYeFA Chempionlar ligasi uchrashuvlarining 2015/2016 yilgi taqvimiga muvofiq, UzreportTV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalari 15 sentabrdan boshlab amalga oshiriladi. Bunda turning markaziy uchrashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilsa, eng qiziq bahslar yozib olingan holda namoyish etiladi. Shuningdek, uchrashuvlarning qiziqarli vaziyatlari va o‘yinlarga oid boshqa ahamiyatga molik ma'lumotlar aks etgan “Highlights” va “Magazunes” kabi ko‘rsatuvlar ham televideniye, Internet tarmog‘i va mobil aloqa orqali translyatsiya qilish huquqi sotib olingan.

Top