10:04 / 09.09.2015
2064

Gvatemala sudi sobiq prezidentni poraxo‘rlik va ta'magirlikda aybdor deb topdi

Gvatemala sudi mamlakatning sobiq prezidenti Otto Peres Molinani poraxo‘rlik va ta'magirlikda aybdor deb topdi, deya xabar berdi 9 sentabr kuni BBC News nashri.

Prokurorlar Molinani tadbirkorlar bojxonada pora bergan taqdirda, boj to‘lashlardan ozod bo‘lish imkoniga ega bo‘luvchi jinoiy tuzilmani tashkil etganlikda ayblashdi. Shu yo‘l bilan sobiq prezident va ko‘plab davlat xizmatchilari katta daromad olishgan.

BMTning maxsus komissiyasi sudda qo‘llanilgan daliliy ashyolarni jamlashga ko‘mak ko‘rsatgan. Ular orasida 89 mingdan ziyod telefon suhbatlari ham mavjud.

Tergov xulosalariga ko‘ra, poraxo‘rlar 2014 yilning may oyidan 2015 yil aprel oyiga qadar 3,8 million dollar olishgan. Ushbu pullarning 800 ming dollari Molinaga tekkan. Ayni paytda jazo muddatini o‘tayotgan sobiq vitse-prezident Roksan Baldetti ham shuncha miqdordagi noqonuniy mablag‘ga ega bo‘lgan.

Molina esa barcha ayblarni inkor qilib, tergov organlari bilan hamkorlik qilishga va'da bergan.

Top