11:10 / 09.09.2015
2490

Neymarning dubli Braziliyaga AQShni yirik hisobda yengish imkonini berdi

9 sentabr kuni Shimoliy hamda Janubiy Amerika qit'alari vakillari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlaridan kuch sinashishdi.

Jumladan, Braziliya safarda AQShni yirik hisobda mag‘lub etdi. 1:4 hisobi bilan yakunlangan bahsda, pentakampeonlar safida Neymar dubl qayd etgan bo‘lsa, Rafinya va Xalk o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

AQSh – Braziliya 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 9 Xalk, 0:2 – 51, penalti Neymar, 0:3 – 64 Rafinya, 0:4 – 67 Neymar, 1:4 – 90 Uilyams.
AQSh – Gyuzan, Rim, Orosko, Kemeron (Spektor, 73), Alvarado, Djons (Diskerud, 72), Bedoyya (Uilyams, 36), Bredli (Yuxannsson, 79), Yyedlin, Altidor (Morris, 57), Zardes (Vud, 46).
Braziliya – Groe, Miranda (Markinos, 23), Fabino, David Luiz, Marselo, Lukas Lima (Lukas, 63), Duglas Kosta (Rafinya, 63), Luis Gustavo (Fernandino, 65), Elias, Villian (Neymar, 46), Xalk (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Orosko (53), Uilyams (55).

Top