12:56 / 09.09.2015
3907

Qarshidagi 39,750 mlrd so‘mlik 108 metr uzunlikdagi ko‘prik qurilishi davom ettirilmoqda

Qarshi shahrida yangi ko‘prik qurilishi davom ettirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarshi shahrida barpo etilayotgan yangi halqa yo‘lida yana bir obektning qurilishi davom ettirilmoqda. Mazkur ulkan ko‘prik halqa yo‘lining A-380 magistral yo‘li (G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov) bilan tutash qismida tiklanmoqda. A-380 avtomagistralining temir yo‘l tarmog‘i ustidan o‘tuvchi qismini tutashtirib turuvchi ko‘prikning uzunligi 108, kengligi 30, balandligi esa 7,8 metrni tashkil etadi.

Qurilish ishlari Qashqadaryo ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi bunyodkorlari tomonidan olib borilmoqda. Barcha ishlar nihoyasiga yetganidan so‘ng ko‘prik A-380 avtomagistrali bo‘ylab harakatlanayotgan avtotransport vositalariga G‘uzordan Qarshiga halqa orqali o‘tish imkonini beradi.

Mazkur ishlar uchun 39 mlrd 750 mln so‘mlik mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlariga milliy va xorijda ishlab chiqarilgan texnik vositalar jalb etilgan.

Top