09:41 / 10.09.2015
2306

Sanitariya vrachi qanday talablarga javob berishi kerak?

O‘zbekiston hukumatining 2015 yil 20 avgustdagi qarori bilan “Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash va ularni rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomning asosiy maqsadi soha rahbarlarini tanlash, attestatsiyadan o‘tkazish va rotatsiya qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar ish reglamentini belgilab berishdir.
Hujjatda aytilishicha, bosh vrachlar lavozimiga nomzodlarni tanlash davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining yetarli maalaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlari safidan amalga oshiriladi.
Bosh vrachlar lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

“Sanitariya-gigiyena” yoki “epidemiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma'lumot;
Dalat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimida kamida 5 yil ish staji;
Bosh vrach vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan yuqori malaka va ma'naviy-axloqiy sifatlarning mavjudligi;
Ularga yuklangan vazifalar va majburiyatlarni samarali bajarishni ta'minlash qobiliyati.

Respublika komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun bosh vrachlar lavozimiga nomzodlarni tanlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Top