Sport | 16:28 / 11.09.2015
2952
1 daqiqa o‘qiladi

De Xea "MYu" bilan 4 yillik yangi shartnoma imzoladi

"Manchester Yunayted" jamoasi darvozaboni David De Xea klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchi bilan keyinchalik bir yilga uzaytirish sharti nazarda tutilgan holda 2019 yilga qadar yangi shartnoma imzolangan.

Avvalroq De Xea "MYu"da haftasida 200 ming funt miqdorida maosh olishi ma'lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, yoz bo‘yi De Xeaning "Real"ga o‘tishi muhokama va munozara qilingan, tomonlar muzokaralarga ham kirishishgan, biroq jamoalar transferni rasmiylashtirishga ulgurmay qolgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish