O‘zbekiston | 11:29 / 11.09.2015
4530
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yordam beradi

Janubiy Koreya va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga o‘z yordamini taklif qildi, deb xabar berildi ayrim ommaviy axborot vositalarida.

2016 yildan boshlab 5 yil davomida Koreya 13 mamlakatda infeksion kasalliklarga qarshi kurash ishiga 100 mln dollar ajratadi. Bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe ma'lum qildi.

Korea Times nashrining yozishicha, O‘zbekiston ushbu 13 davlatdan biri bo‘ladi.
O‘z navbatida, OSB Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish ishlariga 81 mln dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish