Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:20 / 12.09.2015
4049
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistondagi restoranda yuz bergan portlash qurbonlari soni 44 nafarni tashkil etdi
12 sentabr tongida Hindistondagi restoranlardan birida gaz balloni portlashi natijasida 44 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.
Ma'lumot bergan politsiya vakilining aytishicha, portlashdan keyin restoran binosida yong‘in chiqqan va bu yong‘in navbatdagi portlashlarga sabab bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi Jxabua okrugidagi kuchli portlash o‘nlab kishilarning o‘limiga va undanda ko‘proq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgani haqida xabar qilingandi.