16:20 / 13.09.2015
14186

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng asosiy xabarlari (7-13 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga hafta (7-13 sentabr) davomida ro‘y bergan eng muhim xabarlarni takroran havola etamiz.

7 sentabr

Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha dastur qabul qilindi>>

Dastur mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston 1.099 mlrd dollarlik 8ta loyihani amalga oshiradi. O‘zbekiston bu loyihalarning 388.3 mln dollarlik qismini o‘z zimmasiga oladi, kreditlar 678 mln dollarni, grantlar 33 mln dollarni tashkil qiladi. 

Sunday Express: Qochqinlar qiyofasida Yevropaga 4 ming IShID jangarisi kirib oldi>>

Sunday Express gazetasining IShIDdagi anonim agenti ma'lumotiga asoslanib yozishicha, Yevropaga jangarilarni kiritish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan. 

Lavrov: Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirgani yo‘q>>

Moskva hech qachon Suriya hukumatiga harbiy texnika yetkazib berganini yashirmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi. 

2015 yilning 1-yarim yilligida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 56 foizga qisqargan>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari hajmi 2015 yilning ikkinchi choragida 784 mln dollarni tashkil etdi. Bu esa 2014 yilning shu holatiga nisbatan 56,13 foiz pasayish demakdir. 

8 sentabr

Angren-Pop tarmog‘ining 104 kilometri elektrlashtirildi>>

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida Angren-Pop temir yo‘l tarmog‘ining 104 kilometrida qurilish va elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilib, ishchi tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. 

Yaponiya O‘zbekistondagi onkologiya klinikasining jihozlanishida ko‘mak beradi>>

Yaponiya hukumati O‘zbekiston Respublika onkologiya ilmiy markazining zamonaviy raqamli mammografik qurilma bilan ta'minlanishida ko‘mak ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan o‘tkaziladigan tadbir 8 sentabrda bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi bir kunda Tojikistonda Nazarzodaning 20 tarafdori qo‘lga olindi>>

Oxirgi 24 soat ichida tojikistonlik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari general Nazarzodaning 20 nafar tarafdorini hibsga oldi, deya xabar bermoqda TASS agentligi. 

KXDR va Koreya respublikasi oktabr oyida ayriliqdagi oilalarni uchrashtiradi>>

Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari 2014 yilning fevralidan buyon ilk marta Koreya yarimorolidagi qarindoshlarning bir-birlaridan ayriliqda yashayotgani muammosiga qaytadi.

Ukraina va Saudiya Arabistoni birgalikda transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldilar>>

Ukrainaning “Antonov” aviasozlik korxonasi Saudiya Arabistoni bilan yangi yengil ko‘p maqsadli An-132 transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “UNIAN” agentligi.

Yaponiya bosh vaziri boshqa nomzodlar bo‘lmagan saylovda hukmron partiya rahbarligiga qayta saylandi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukmron — Liberal-demokratlar partiyasining rahbarligiga qayta saylandi, deya xabar berdi “Sinxua” agentligi.

“LUKOYL” O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda>>

Rossiyaning “LUKOyl” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashriga bergan intervyusida kompaniya rahbari Vohid Alekberov bayonot berdi.

"DXR" Ukrainaga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatdi>>

"2 sentabr kunidan boshlab Ukrainaga energetik ko‘mir yetkazib berilishi to‘xtatildi. Ukraina biz bilan siyosiy doirada munosabat o‘rnatmayapti. Bu esa iqtisodiy munosabatlarga ta'sir ko‘rsatadi", deb ma'lum qilgan DXR transport vaziri Semen Kuzmenko.

«UZREPORT TV» futbol bo‘yicha Angliya chempionati o‘yinlarini translyatsiya qiladi>>

«UZREPORT TV» telekanali Angliya premer-ligasining 2015/2016 yilgi mavsum uchrashuvlarini namoyish qilish huquqini sotib oldi. Bu haqda telekanalda YeChL o‘yinlarini namoyish etish bilan bog‘liq masala yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi>>

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Turkiya Iroqqa qo‘shin kiritdi>>

Turkiya quruqlik qo‘shinlari Iroqqa kirib bordi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu KIPga qarshi qisqa muddatli harbiy operatsiya o‘tkazish maqsadida amalga oshirildi.

Putin oktabrda Qozog‘istonga tashrif buyuradi>>

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “IA Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.

9 sentabr

Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan Islom Karimov uchun "Yil kishisi" mukofoti topshirildi>>

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni "Yil kishisi" sifatida tan olgan Osiyo shaxmat federatsiyasi maxsus mukofotni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga topshirdi.

Mukofotni topshirish marosimi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan FIDening 86-Kongressida o‘tkazilgan. Mukofotni Osiyo shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Halifa Al Naxyon va FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov qo‘lidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murodjon Aliyev qabul qilib olgan.

2015 yilning 8 oyida GM Uzbekistan`ning Rossiyaga sotgan avtomobillari hajmi 53 foizga kamaydi>>

Yanvar-avgust oylarida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 13752 ta avtomobil sotildi.

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi vafot etdi>>

“Dutorchi qizlar” guruhi yakkaxon xonandasi Sanobarxon Qayumova vafot etdi.

Samarqand avtobozorida savdo hajmi pasayib ketdi>>

Oxirgi bir necha oy mobaynida Samarqand avtomobil bozorida savdolar hajmi sezilarli darajada qisqarib ketdi.

Rossiya bosh vaziri Medvedev Rossiya ittifoqdosh davlatlarda aviabazalar qurishini ma'lum qildi>>

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha ittifoqdosh davlatlarda yangi aviabazalar qurishga tayyorligini ma'lum qildi.

OAV: YouTube pulli bo‘ladi>>

Jahondagi yirik videoxosting —YouTube yil oxiriga qadar pulli obunani yo‘lga qo‘yadi.

Yangi xizmat birinchi navbatda faqatgina pulli obuna ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilarga mo‘ljallab videoroliklar yaratuvchilar uchun ishga tushiriladi.

Sahroi Kabirda boshlangan qum bo‘roni O‘zbekistongacha yetib keldi>>

Sahroi Kabirda boshlangan kuchli havo oqimi O‘zbekiston hududiga yetib keldi.

Qodirov Qur'oni karim suralarini ekstremizmga aloqador deb e'lon qilgan sudyani milliy dushman deya atadi>>

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Qur'oni karimning ayrim suralarini ekstremizmga aloqador deb topgan Janubiy Saxalinsk sudyasi Natalya Perchenkoni milliy dushman deb atadi.

Las-Vegas aeroportida British Airways samolyoti yonib ketdi>>

Las-Vegasning Makkaran xalqaro  aeroportida British Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyoti yonib ketdi.

Kurd jangarilari Turkiya sharqidagi politsiya mahkamasini o‘qqa tutdi>>

Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari granatomyot orqali Turkiya sharqidagi Ag‘ri provinsiyasi politsiya boshqarmasi binosini o‘qqa tutdi. Mahalliy televideniyening xabar berishicha, bosqinchilik harakati seshanba, 8 sentabr tunida sodir bo‘lgan.

Vengriyalik telejurnalist qizchasini ko‘tarib chopayotgan muhojirni tepib yiqitgani shov-shuvlarga sabab bo‘ldi>>

8 sentabr kuni Vengriyadagi mahalliy telekanallardan birining xodimi mamlakatning Serbiya bilan chegarasidagi Rojke qishlog‘i yaqinida politsiyadan qochayotgan muhojirlardan birini tepib yiqitgani lavhasi jamoatchilikning noroziligini keltirib chiqarganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi.

10 sentabr

Apple 3D Touch boshqaruv sistemasiga ega bo‘lgan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi>>

Apple kompaniyasi yangi boshqaruv sistemasi bo‘lgan 3D Touch’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi.

Foto: GM Uzbekistan "Ravon" brendi ostida ishlab chiqarilgan dastlabki avtomobillarni sotuvga chiqardi>>

GM Uzbekistan korxonasi "Ravon" brendi ostida ishlab chiqarilgan dastlabki avtomobillarni sotuvga chiqardi.

Lavrov Suriyada rossiyalik harbiylar borligini tasdiqladi>>

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rossiyalik harbiylarning Suriya hududiga joylashtirilgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqladi.

Poroshenko va Putin 2 oktabr kuni Parijda uchrashadi>>

“Normand to‘rtligi” mamlakatlari yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya rahbari Fransua Olland va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2 oktabr kuni Parij shahrida uchrashib olishga kelishishdi.

Lukashenko prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi>>

Belarus markaziy saylov qo‘mitasi amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi

Qirg‘izistonning sobiq rahbari Usubaliyev vafot etdi>>

Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi Turdaqun Usubaliyev olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston Sankt-Peterburgdagi o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida medallar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi>>

Kecha, 9 sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Peterburgskiy” sport-konsert kompleksida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi X jahon chempionatining chorak final bahslari o‘tkazildi.

Iroq bosh vaziri hukumatning 123 nafar mansabdor shaxsni o‘z lavozimidan bo‘shatdi>>

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Obodiy 123 nafar vazirlar o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarni o‘z lavozimidan bo‘shatdi.

Toshkentda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi>>

10 sentabrdan poytaxtimizda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi.

11 sentabr

Makkada haj paytida kran qulashi oqibatida 100 dan ziyod ziyoratchilar halok bo‘ldi>>

Saudiya Arabistonida Makkada haj paytida qurilish krani qulashi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi va 30 kishi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni mamlakat fuqarolik mudofaasi vakiliga iqtibos keltirgan holda “Al-Arabiya” telekanali keltirib o‘tdi.

O‘zbekiston TIVda xalqaro shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi>>

2015 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qilish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

OAV: general Nazarzoda Romit darasidagi harbiy amaliyot chog‘ida o‘ldirildi>>

Tojikistonda 4 sentabr kuni davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilgan, mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Abduxalim Nazarzoda Romit darasida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida yo‘q qilingan. Bu haqda "Aziya Plyus" axborot agentliga asoslangan holda TASS nashri xabar berdi.

Qrimda Berluskoni va Putin uchrashuvi boshlandi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimda Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni bilan uchrashdi, deya xabar berdi “Interfaks”.

Rossiyada tez neytronlarda ishlovchi yadroviy reaktor qurilishi boshlandi>>

Rossiyada qurilishi boshlangan tez neytronlarda ishlovchi eng quvvatli, ko‘p maqsadli tadqiqot yadroviy reaktori (MBIR) kelajak dunyo atom energetikasi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va konstruktsion materiallarning yangi turlarini ishlab chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi, deb aytdi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pershukov. 

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi>>

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonu bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» YeI hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnoma qo‘lga kiritdi>>

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan (EASA) Yevropa Ittifoqi hududiga parvoz qilish uchun maxsus ruxsatnomani qo‘lga kiritdi.

«Bunyodkor» shohko‘chasi va Muqimiy ko‘chasi kesishmasida yangi ko‘prik barpo etiladi>>

Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» shohko‘chasi va «Muqimiy» ko‘chalari kesishmasida («Novza» metro bekati yonida) yangi yer usti yo‘li barpo etiladi.

Barak Obama va Oq uy ma'muriyati xodimlari 9/11 qurbonlarini xotirlashdi>>

Vashingtonda 2001 yilning 11 sentabrida sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlash marosimi o‘tkazildi. AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy xodimlarini ushbu marosimga boshlab bordi.

Amerika OAVlari: Rossiya Suriyaga Latakiyadagi aviabazadan yer usti nishonlariga zarba beruvchi aviatsiya yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda>>

AQSh Mudofaa vazirligi so‘nggi vaqtlarda Rossiyaning "An-124" og‘ir transport samolyotlari yetti marotaba Suriyaning Latakiya shahriga reyslar tashkil etganini qayd etdi, deya xabar bermoqda Fox News Amerika hukumat tuzilmalariga asoslangan holda.

Qozog‘iston prezidentining qizi bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi>>

Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Juma, 11 sentabr kuni Nursulton Nazarboyev mazkur qarorga imzo chekdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

12 sentabr

O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumi yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi>>

2015 yilning 14-16 sentabr kunlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “YeXHT hududida suv resurslarini boshqarish: hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi.

Obama: Bashar Asadning Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi “tanazzulga uchrashi muqarrar”>>

AQSh prezident Barak Obama Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudligi Suriya prezidenti Bashar Asad xavotirlanib, Rossiyadan yordam so‘rayotganini bildiradi, deb aytmoqda.

«Koloradolik mergan» Kolorado qamoqxonasiga umrbod mahkum qilindi>>

2012 yilda AQShning Kolorado shtatidagi Avrora shahrida kinoteatrda 12 kishini o‘ldirgan qotil Jyeyms Xolms Kolorado shtatidagi qattiq tartibdagi qamoqxonaga joylashtirildi. 

Xalqaro koinot stansiyasining uch fazogiri Qozog‘iston dashtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi>>

Ichida Xalqaro koinot stansiyasining uch fazogiri bo‘lgan “Soyuz TMA-16M” kemasi kapsulasi Qozog‘iston dashtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Makka shahrida yuz bergan baxtsiz voqea vaqtida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabr ko‘rmagani ma'lum qilindi>>

Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 16.00 dan so‘ng Makka shahrida kuchli bo‘ron boshlandi. Tabiiy ofat oqibatida “Haram” masjidining kengaytirish ishlari ketayotgan janubiy qismida joylashgan kranlardan biri masjidning «Ka'batulloh» atrofida “tavof” amali bajariladigan maydonining janubiy qismiga qulab tushdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 5ta medalga sazovor bo‘lishdi>>

Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi. Bu galgi qit'a chempionatida 29 davlatdan jami 162 nafar sportchi (106 nafar erkak – 56 nafar ayollar) g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Tojikistonda general Nazarzodaning 100dan ziyod tarafdorlari qo‘lga olindi>>

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus amaliyot chog‘ida Vaxdat shahridagi IIBga hujum qilganlarning birini qo‘lga oldi, deya xabar berdi TASS mamlakat IIV ma'lumotiga asoslangan holda.

Yaqin Sharqdagi qum bo‘ronlari 8 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi>>

Shuningdek, Seysmologiya va meteorologiya xizmati markazi haydovchilarni yo‘llarda harakatlanishda qoidalarga rioya bo‘lishni tavsiya qilgan.

Makkada haj paytida halok bo‘lgan ziyoratchilar nomsiz qabrlarda dafn qilinadigan bo‘ldilar>>

Makka hukumati haj paytida kran qulashi oqibatida halok bo‘lganlarni vatanlariga yubormaslikka qaror qildi. Qurbonlar qisqa fursatlarda shahar qabristonida nomsiz qabrlarga dafn qilinadilar. Qurbonlarni asosan Hindiston va Pokiston fuqarolari tashkil qilmoqda. 

Boshlanayotgan haftangiz unumli va samarali bo‘lsin! Biz bilan birga bo‘ling, kun yangiliklaridan xabardor bo‘lishda davom eting.

Top