07:17 / 14.09.2015
2433

Pokistonda yo‘l-transport hodisasi oqibatida portlovchi modda olib ketayotgan avtoriksha portlab ketdi

Pokistonning Multon shahrida mototsikl va avtorikshaning to‘qnashishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, portlash shaharning eng tirband yo‘llaridan birida sodir bo‘lgan: mototsikl portlovchi moddalar olib ketayotgan avtorikshaga borib urilgan.

Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rnatishni boshladi. Politsiya, shuningdek, portlovchi moddalarning kelib chiqishi va uning nima maqsadda olib ketilayotganini aniqlash maqsadida avtoriksha yo‘lovchilari jasadlari shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. 

Top