Jahon | 01:10 / 15.09.2015
3217
1 daqiqa o‘qiladi

Kremlda Vladimir Putinning saytini buzishga harakat qilingani ma'lum qilindi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xakerlar Vladimir Putinning saytiga kuchli DDoS-hujumni uyushtirganlarini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Peskovning aytishicha, hujum qaytarilgan.
“Ishonchim komilki, mutaxassislar bu hujum qayerdan amalga oshirilgani biladilar”, deb aytib o‘tdi Peskov.

Biroq Peskov bu haqda hali xabar olmaganini tan oldi, chunki Vladimir Putinga Magas va Dushanbeda hamrohlik qilgan.

2014 yil mart oyida Putin sayti kuchli xakerlik hujumiga uchrab, uzilishlar bilan ishlagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish