Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino «Chelsi» futbolchilariga mashg‘ulotlar paytida hazillashishni taqiqladi
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z shogirdlariga mashg‘ulotlar paytida har qanday hazil-mutoyibani taqiqlab qo‘ydi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, 52 yoshli ushbu mutaxassis bu qarori orqali "Makkabi"ga qarshi YeChL va "Arsenal"ga qarshi Premer-liganing 6-tur o‘yinlari oldidan futbolchilarining e'tiborini bir joyga jamlamoqchi.
Qayd etish kerakki, "Chelsi" APLning yangi mavsumini o‘ta muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa ayni paytda turnir jadvalining 17-o‘rnida bormoqda. Londonliklar 5ta o‘yinning 3tasida, "Manchester Siti", "Kristal Pelas" va "Everton" jamoalariga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan, "Suonsi" bilan durang qayd etilgan, faqatgina "Vest Bromvich" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qilingan.