16:17 / 15.09.2015
9758

O‘zbekiston qo‘shnilariga yirik GESlar qurishdan voz kechishni taklif qildi

O‘zbekiston tabiatni asrash davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov OBSening Pragada o‘tayotgan XXXIII iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvida O‘zbekistonning Rog‘un (Tojikiston) va Qambarota (Qirg‘iziston) GESlarining qurilishi borasidagi pozitsiyasini bayon qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Markaziy Osiyoda mana shunday yirik gidroinshootlar qurilishi loyihalari jiddiy ekologik xavf-xatarni keltirib chiqarmoqda.
“Gap tabiiy, texnogen xarakterdagi potensial ofat va halokatlar haqida ketmoqda. O‘nlab shaharlar va aholijoylarning suv ostida qolishi, ekologik vaziyatga, bioxilma-xillikka tahdid haqida gap bormoqda”, - ta'kidladi Abdusamatov.

Uning fikricha, ekologik vaziyat borgan sayin murakkablashayotgan bugungi zamonda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda:
“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi aholi o‘sishidan ortda qolayotgani bugungi kunda hech kimga sir emas. O‘zbekiston oxirgi yillarda bu borada keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, irrigatsion sohadagi islohotlar natijasida suv xarajati 20 foizga qisqartildi”.

O‘z chiqishida vazir yana bir bor O‘zbekiston bilan qo‘shni davlatlarga yirik GESlar qurilishi loyihalaridan voz kechishni taklif qildi.

Top