17:07 / 15.09.2015
6809

Putin IShIDning Yevropa va Rossiyaga tahdid solayotganini aytdi

IShID terrorchi guruhi Makka, Madina, Quddusga o‘z nigohini qarata boshladi, demak, u Rossiya va Yevropa davlatlari uchun real xavfga aylandi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

“Suriya atrofidagi vaziyatga kelsak, ahvol nihoyatda jiddiy, IShID Iroq va Suriyaning kattagina hududini nazoratga olgan. Terrorchilar Makka, Madina, Quddusga e'tibor qarata boshlaganlari haqida ommaviy tarzda gapirmoqdalar. Ularning kelajak rejalarida Yevropa, Rossiya, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi faolliklarini oshirish bor”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, u IShID saflarida Rossiya va xususan MDH vakillari borligi vaziyatni yanada og‘irlashtirayotganini ma'lum qildi.

Top